Maxfiylik siyosati

Qanday ma'lumot yig'iladi

Nima uchun

Buyurtma bo'yicha siz bilan bog'lanish, taklifnomani tayyorlash va anketa javoblarini taklifnoma egasiga yetkazish uchun. Ma'lumotlar reklama uchun ishlatilmaydi va sotilmaydi.

Qayerda saqlanadi

Ma'lumotlar Cloudflare serverlarida saqlanadi. Yangi buyurtma haqida xabar Telegram orqali faqat Amora administratoriga yuborilishi mumkin. Anketa javoblarini faqat taklifnoma egasi (maxfiy havola orqali) va Amora administratori ko'radi.

Konstruktordagi qoralamani tahrirlash havolasi bor odam va Amora administratori ko'radi. Taklifnoma ochilgach, uni va undagi rasm hamda musiqani havolani bilgan har kim ko'ra oladi; qidiruv tizimlari uchun «indekslanmasin» belgisi qo'yiladi. Yuklangan fayllar taxmin qilib bo'lmaydigan manzilda turadi: manzilini bilgan odam ularni taklifnoma ochilmasidan oldin ham ko'ra oladi.

Qancha saqlanadi

Buyurtma va anketa ma'lumotlari xizmat ko'rsatish uchun kerak bo'lgan muddat davomida saqlanadi va istalgan payt so'rovingiz bo'yicha o'chiriladi. Konstruktordagi nashrga yuborilmagan qoralama oxirgi o'zgarishdan 90 kun o'tgach yuklangan fayllari bilan avtomatik o'chiriladi; taklifnomadan olib tashlangan rasm serverdan ham o'chiriladi.

Shriftlar va namuna suratlari

Sayt shriftlari Amora'ning o'z serverida joylashgan (eski uslubdagi qo'lda tayyorlangan ayrim taklifnomalar bundan mustasno — ular shriftni Google Fonts xizmatidan oladi). Shablonlardagi namuna suratlari Pexels serverlaridan (images.pexels.com) yuklanadi — bunda brauzeringiz shu serverlarga murojaat qiladi. Shablonlardagi videolar, bezaklar va musiqa Amora'ning o'z serverida joylashgan. Batafsil: litsenziyalar.

Sizning huquqlaringiz

Ma'lumotlaringizni ko'rish, tuzatish yoki o'chirishni so'rashingiz mumkin. Biz bilan bog'laning: Telegram, telefon: +998884984433.

Cookie

Sayt mehmonlar uchun kuzatuv cookie'laridan foydalanmaydi. Faqat admin kirishi uchun zarur sessiya cookie'si ishlatiladi. Taklifnomada tanlangan yozuv (lotin/kirill) brauzeringizning o'zida eslab qolinadi.