Xizmat shartlari
Oxirgi yangilanish: 2026-yil 23-noyabr
Xizmat
Amora — tanlangan shablon asosida shaxsiy raqamli taklifnoma (veb-sahifa) tayyorlaydi. Har bir shablonning narxi katalogda ko'rsatilgan. Nikoh to'yi taklifnomasini konstruktorda o'zingiz ham yaratishingiz mumkin: yaratish va oldindan ko'rish bepul.
Buyurtma
Buyurtma saytdagi forma yoki Telegram orqali qabul qilinadi. Taklifnoma uchun kerakli ma'lumotlar (ismlar, sana, manzil, kun tartibi va boshqalar) buyurtmachi tomonidan yuboriladi. Konstruktorda buyurtmachi ularni o'zi kiritadi va taklifnomani nashrga yuboradi.
To'lov
To'lov 100% oldindan qilinadi. Taklifnomani tayyorlash to'lovdan keyin boshlanadi. Konstruktorda yaratilgan taklifnoma to'lov tasdiqlangach mehmonlarga ochiladi; ungacha havolada taklifnoma ko'rinmaydi.
Bekor qilish va pulni qaytarish
Taklifnomani tayyorlash boshlanmaguncha buyurtmani bekor qilsangiz, to'lov to'liq qaytariladi. Tayyorlash boshlangandan keyin to'lov qaytarilmaydi.
Konstruktorda o'zingiz yaratgan taklifnoma: u mehmonlarga ochilgandan keyin 24 soat ichida so'rasangiz, to'lov to'liq qaytariladi. 24 soatdan keyin to'lov qaytarilmaydi.
Tayyorlash muddati
Muddat shablon va yuborilgan ma'lumotlarga bog'liq va buyurtma vaqtida aniq kelishiladi.
O'zgartirishlar
- Ismlar, sana, manzil, kun tartibi va dress code matnlari bepul o'zgartiriladi.
- Qo'shimcha foto, maxsus musiqa yoki til tarjimasi alohida kelishiladi.
- Konstruktorda yaratilgan taklifnomani tadbir kunigacha o'zingiz bepul o'zgartirasiz (rasm va musiqa ham), havola o'zgarmaydi. To'lovdan keyin juftlik ismlari faqat biz orqali o'zgartiriladi.
- To'lovdan keyin narxi teng yoki arzonroq shablonga bepul o'tish mumkin; qimmatroq shablon uchun narx farqi to'lanadi.
Taklifnoma qancha muddat ochiq turadi
Taklifnoma havolasi tadbirdan keyin 6 oy davomida ochiq turadi.
Konstruktorda yaratilib, nashrga yuborilmagan qoralama oxirgi o'zgarishdan 90 kun o'tgach yuklangan fayllari bilan o'chiriladi.
Shaxsiy ma'lumotlar
Buyurtmachi va mehmonlar ma'lumotlari maxfiylik siyosatiga muvofiq ishlatiladi.
Aloqa
Savollar bo'yicha: Telegram, telefon: +998 88 498 44 33.